Huawei 1
Samarqandda ayolning shaxsiy maʼlumotlarini tarqatib yubormaslik uchun 5 ming talab qilgan erkak ushlandi

Samarqand viloyatida 35 yoshli ayol bilan 33 yoshli erkak tanishib qoladi. Ular o‘rtasida yana-da yaqinlik paydo bo‘lib, ishqiy munosabatlarga aylanadi. Avval yigit ayolning qo‘l telefonini o‘zboshimchalik bilan olib ketib uning shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan. 

Erkak g‘arazli niyatda sirlarni oshkor qilishini aytib, tovlamachilik yo‘li bilan dastlab 300 AQSH dollari miqdorida pul oladi. U ham yetmaganidek qimmatbaho tilla uzugini olib qo‘yadi. Oxir oqibat yigit ayolni tinch qo‘yish evaziga yana tovlamachilik yo‘li bilan 5 000 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.

Viloyat IIB tezkor-qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu erkak ayoldan tovlamachilik yo‘li bilan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101520 | Инструменты