Huawei 1
Telegram O‘zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Telegram O‘zbekistonda ofis ochishi mumkin. Bu, kompaniyaning mahalliy bozorga jiddiy kirib kelmoqchi ekanini ko‘rsatadi.

Kompaniyaning LinkedIn platformasida O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya eʼlon qilindi.

2022-yilda ishga tushirilgan Telegram Wallet deb nomlangan yangi funksional, muloqot dasturi Telegram ichida o‘z o‘rnini egallamoqda. Bu, foydalanuvchilarga kripto-valyutalar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Avvalroq, Telegram Qozog‘istonda bosh ofis ochishini eʼlon qilgan edi. O‘zbekistonda ofis ochilishi bo‘yicha hozircha rasman xabar qilinmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101815 | Инструменты