Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘ldi.

"Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘zining 50 yilligini nishonlamoqda.

Markazning barcha xodimlarini ushbu muhim sana bilan chin yurakdan tabriklayman va ularning har kunlik fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman.

Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi hamda uni davolash bo‘yicha yangi Davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtiramiz. Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan har bir ayol uchun baxtli onalikni kafolatlaydigan sharoit yaratishimizga ishonaman", - deya yozgan Prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101815 | Инструменты