Huawei 1
Toshkent viloyatida pillachilikda 90 ming nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlanadi. Bu borada Vetnam tajribasi oʻrganilmoqda

Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosarlari Botir Alimbekov hamda Zuxra Mirgaziyevalar boshchiligidagi bir guruh soha mutaxassislari, tadbirkorlar Vetnamda boʻlib turibdi.

Ular Vetnamning bir qator kompaniyalari bilan muzokoralar oʻtkazmoqda. Bak Nin, Xanoy, Xun Yen, Lam Dong provinsiyalarida aholi xonadonlarida tut koʻchatlarini yetishtirishdan tortib, ipak qurti boqish, uy sharoitida pilla tolasini qayta ishlash, yigirish, undan ip-kalava, shoyi matolar hamda ipak gilam toʻqish kabi bir qator jarayonlar bilan tanishmoqda. 

Aytish mumkin, Vetnam pillachilari yiliga 4 marotabagacha hosil olishadi.  

Yana bir muhim maʼlumot, mazkur sohada viloyatda 90 ming nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlanadi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты