Huawei 1
Xitoy kompaniyasi Farg‘onada qiymati $1,5 mlrdlik avtomobil zavodi quradi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida China Xiaou Group kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, viloyat hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi.

China Xiaou Group rahbari Xuan Xe bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida ushbu loyihaning dastlabki bosqichida 50 mln dollar investitsiya hisobiga yig‘ish, bo‘yash, sozlash liniyalarini yo‘lga qo‘yib, yiliga 60 mingta gaz, elektr va gibrid motorli avtomobillar hamda maxsus transport vositalari ishlab chiqarilishi belgilandi. Ikkinchi bosqichda 350 mln dollar va uchinchi bosqichda 1,1 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirilib, butlovchi qismlarning ko‘pi mahalliylashtirilishi hamda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning soni 110 mingtaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 5 yil davomida to‘la yakunlanishi rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari boshchiligidagi delegatsiya Chjenszyan shahrida joylashgan, China Xiaou Group kompaniyasining hamkori hisoblangan BAIC Bluepark Magna Automobile zavodida ham bo‘lib, elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Yangi avtomobil modellarini ishlab chiqish hamda tadqiq etishga ixtisoslashgan ushbu korxonada asosan Arcfox, shuningdek, BJEV hamda Huawei texnologiyalari qo‘llanilgan Stelato modellarida yiliga 150 mingdan ziyod elektromobillar ham ishlab chiqariladi.

China Xiaou Group rahbari Xuan Xe viloyatimizda amalga oshirish rejalashtirilayotgan investitsion loyiha doirasida yo‘lga qo‘yiladigan texnologik jarayonlarni BAIC Bluepark Magna Automobile korxonasi misolida tanishtirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты