2024-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1 454,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023-yil bilan taqqoslaganda 6,5 % ga o‘sgan.
YAIM hajmi o‘rtacha almashuv kursi (12 652,7 so‘m) bo‘yicha 115,0 mlrd AQSH dollariga teng.
2024-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 39,1 mln so‘m (3 092,7 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2023-yil bilan taqqoslaganda 4,4 % ga oshgan.
Eslatib o'tamiz, 2025-yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilingandi.
Mavzuga oid:
O‘zbekiston 2030-yilga borib YAIMni 200 mlrd dollarga yetkazishi mumkinligi aytildi
Maqola muallifi: Malika Norboyeva
Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты