2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 34,5% Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, 2024-yilning yanvar oyi yakunlari bo‘yicha MDH mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2023 yilning mos davriga nisbatan 7,5 foizga pasaydi, o‘z navbatida, boshqa xorijiy mamlakatlar ulushi esa 7,5 foizga oshib, 65,5 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar oyi yakunlari bo‘yicha 6,0 foizga o‘sib, 1,4 milliard dollarni tashkil etdi, shundan: eksport 8,1 foizga o‘sib, 524,4 million dollarga, import 4,8 foizga o‘sib, 923,8 milliard dollarga yetdi.
MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng ko‘p ulushlar Rossiya (53%), Qozog‘iston (19%) va Turkmaniston (4%) va Qirg‘iziston (3%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты