Huawei 1
Paxta chigiti narxi ko'tarilishi yog‘ narxining oshishiga sabab bo'lmoqda — MQKQ

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq paxtadan olingan chigit paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan yog‘-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida sotilish belgillangan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabariga ko'ra, joriy yil aprel oyi davomida  birja savdolariga 40 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qo‘yilganligi hamda qo‘yilayotgan texnik chigitning boshlang‘ich narxlari aprel oyida o‘rtacha 38 foizga ko‘tarilganligi aniqlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, o‘simlik yog‘i narxining oshishiga asosan kungaboqar urug‘lari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bog‘liq tashqi muhit ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ayrim paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishi o'z navbatida paxta yog‘ining narxiga ham ta'sir ko‘rsatdi.

Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish va raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan  ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112908 | Инструменты