Huawei 1
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish sanasi o‘zgardi

Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan jahon va savdo hamkorlardagi iqtisodiy istiqbollar bo‘yicha yangilangan prognozlar va 2024 yil III choragi bo‘yicha mamlakatimizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktyabr oyining ikkinchi yarmida eʼlon qilinishini, ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda ushbu yangilangan ko‘rsatkichlar asos bo‘lishini inobatga olib, Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish va Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqlash bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi tayanch yig‘ilishi joriy yilning 31 oktyabrida o‘tkazilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты