Huawei 1
“Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi”ga bag‘ishlangan Markaziy bank esdalik tangalarining qo‘shimcha sotuvi yo‘lga qo‘yildi

Markaziy bank joriy yilning avgust oyidan boshlab “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi” mavzusiga bag‘ishlangan oltin hamda kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarini cheklangan tirajda sotuvini yo‘lga qo‘ygandi.

Hozirda aholi tomonidan mazkur tangalarga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi va sotuvi jadallik bilan davom etayotganligini inobatga olib, Markaziy bank oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi ushbu esdalik tangalarini qo‘shimcha tirajda muomalaga chiqarmoqda.

Esdalik tangalari va ularning sotuv shoxobchalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi havolalardan olish mumkin:

Esdalik tangalari

Esdalik tangalari va o‘lchovli oltin quymalarning qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20721 | Инструменты