Ta'kidlanishicha, o'tgan toʻqqiz oyda Yalpi ichki mahsulot 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga oʻsgan
Ayni daqiqalarda Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.
Unda o'tgan toʻqqiz oyda Yalpi ichki mahsulot 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga oʻsganligi haqida ma'lumot berildi.
"Iqtisodiyotdagi inflatsion jarayonlar va kutilmalar joriy yilning 1-yarmidagi pasayishidan so'ng mahsulotlar taklifidagi o'zgarishlar va pre-inflatsion talab omillari ta'sirida biroz tezlashishi kuzatildi.
Xususan, milliy inflatsiya yil boshida pasayishi dinamikada shakllanib, oxirgi 3-chorakda 9,2 foizgacha tezlashdi. Inflatsiyaning o'sishi oziq-ovqat narxlarining oshishining 11 foiziga tezlashishi va tartibga solinadigan narxlar o'zgarishining yillik inflatsiyadagi hissasini ortishi bilan izohlanadi.
Bazaviy inflatsiya sentabr oyida 10,3 foizni tashkil qildi. Pasayish tendensiyasiga qaramay bazaviy va umumiy inflatsiya o'rtasidagi sezilarli tafovut hozirdan saqlanib qolmoqda. Bu albatta, o'z navbatida inflatsiya sababining barqaror komponentlari narxlarda yuqori o'sish saqlanib qolayotganini ko'rsatib, iqtisodiyotda nisbatan qattiq pul-kredit sharoitlarini ta'minlashni taqozo qilmoqda.
Ikkinchidan, aholi va tadbirkorlik subyektlarini kelgusi 12 oylik inflatsion kutilmalari avgust oyidagi o'sishdan so'ng 13,5 va 14,2 foizga pasaygan bo'lsada, hali ham inflatsiyaga nisbatan yuqori suratda shakllanmoqda.
Uchinchidan, global inflatsiya jarayonlari, ya'ni dunyodagi narx-navoni oshish holati. Ularning davomiyligi bo'yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Dunyoning ko'plab Markaziy banklarida bu holat takrorlanib kelmoqda.
To'rtinchidan, iqtisodiyotning real sektoridan ijobiy tendensiyalar ta'sirida, joriy yilning 9 oy yakunlariga ko'ra, Yalpi ichki mahsulot o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga o'sdi. Bu albatta, yalpi talabning bosqichma-bosqich kengayib borayotganini ko'rsatadi.
Iqtisodiy o'sishning suratlari asosan, iste'mol xarajatlarining o'sishi hamda markazlashmagan investitsiyalar hajmining sezilarli oshishi bilan izohlanadi, 9 oyda markazlashmagan investitsiyalar o'tgan yilning mos davriga nisbatan 13,6 foizga oshgan bo'lsa, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar 1,5 barobarga o'sdi", - deya ta'kidladi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21500 | Инструменты