Muomaladagi naqd pul ulushi yana kamaydi - Markaziy bank

Markaziy bank tomonidan 2023-yil IV choragi uchun Pul-kredit siyosati sharhi tayyorlandi. Unda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar, ichki iqtisodiy sharoitlar xamda makroiqtisodiy prognozlar haqida atroflicha maʼlumot keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2023 yilda O‘zbekiston banklaridagi umumiy pul tushumlarining hajmi (naqd pul va terminallar orqali) 669 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan 28 foizga ko‘p. 

O‘zbekistonda 2023 yil yakuni bo‘yicha naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 2022 yilgi o‘sishdan keyin 21,5 foizgacha kamaydi. Kartalarga tushgan mablag‘lar tobora kamayib bormoqda — so‘nggi besh yil ichida ko‘rsatkich 32 foizdan 24 foizga tushdi. 

Regulyator maʼlumotlariga ko‘ra, banklarga naqd pul tushumlari yil davomida 20 foizga oshib, 414 trillion so‘mni tashkil etgan. Shunga qaramay, naqd pul ulushi 66 foizdan 62 foizga tushgan (2021 yilda 69 foizni tashkil etgandi). Terminallar orqali tushumlar 44 foiz — 255 trillion so‘mga, ularning ulushi — 34 foizdan 38 foizga (2021 yilda — 31 foiz) o‘sdi. 

Shuningdek, o‘tgan yilda bank kartalariga 789 trillion so‘m kirim qilingan, bu avvalgi yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p. Kartalarga tushgan mablag‘lar tobora kamroq naqd pul shaklida yechib olinmoqda: 2019 yilda 31,9 foiz, 2020 yilda — 34,4 foiz, 2021 yilda — 31,7 foiz, 2022 yilda — 26,9 foiz, 2023 yilda — 24 foiz. 

Naqd pulning umumiy pul massasidagi (M2) ulushi joriy yilning 1 yanvar holatiga 21,5 foizni tashkil etdi. Bu 2022 yilgi o‘sishdan keyin o‘tgan yilga nisbatan 0,8 foizga kam. Taqqoslash uchun, muomaladagi naqd pulning ulushi 2019 yilda 27 foizga, 2020 yilda 23 foizga, 2021 yilda 19,7 foizga, 2022 yilda 22,3 foizga yetgan. 

Bank tizimidan tashqari, naqd pul mablag‘lari, boshqa moliya institutlari, davlat nomoliya tashkilotlari, xususiy sektor va jismoniy shaxslarning milliy va xorijiy valyutadagi o‘tkazuvchan, jamg‘arma va muddatli depozitlarini o‘z ichiga oladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты