Huawei 1
Xivada tadbirkorga toʻlov talabnomani yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Xiva tumanida tadbirkorga toʻlov talabnomani yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ma'lum qilingan

Aniqlanishicha, Xiva tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi yuriskonsulti B.A., “G” MCHJ bilan korxona oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha avans tariqasida oʻtkazilgan 200 mln soʻmga “G” MCHJ tomonidan ishlar bajarilmaganligi ma'lum bo'lgan. 

Shu sababli hisob raqamiga qoʻyilgan toʻlov talabnomasini tanishlari orqali tegishli maʼlumotnoma berib, bekor qildirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozida mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq, "Chorsu"da 2 xalta qurt o'g'irlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma'lum qilgan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101009 | Инструменты