Huawei 1
2 karra “Oltin butsa” sohibi va “Portu” tarixidagi eng yaxshi futbolchi vafot etdi

Portugaliyaning “Portu” klubi hamda mamlakat terma jamoasi sobiq futbolchisi Fernandu Gomesh 66 yoshida vafot etdi.

“Portu” oʻz tarixidagi eng buyuk shaxslardan birini yoʻqotganidan qaygʻuda va Fernandu Gomeshning oila aʼzolari, doʻstlari hamda barcha muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deb yozadi klub matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Gomesh uzoq vaqt davomida oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashib kelgan va oktyabr oyida insultga uchrab, kasalxonaga yotqizilgan.

Hujumchi “Portu”ning barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻlib, klub safida 452 oʻyinda 355 ta gol urgan. U 6-marta Portugaliya chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va ikki marta — 1983 va 1985-yillarda “Oltin butsa”ni qoʻlga kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42923 | Инструменты