“2009-yilgi “Barsa”ga murabbiy kerak emasdi. Ular bo‘lmaganida 3 marta YChL yutardim”, — MYU afsonasi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq yarimhimoyachisi Anderson “Barselona” bilan oʻyinlarni yodga oldi.
Braziliyalik sobiq futbolchi “mankunianlar” safida ikki marta Chempionlar Ligasi finalida kataloniyaliklarga magʻlub boʻlgan — 2009 va 2011-yillarda.
“Men 3 bor Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonishim mumkin edi, ammo “Barsa” tufayli faqat bittasini yutdim. Ularda ajoyib jamoa bor edi, albatta, bizda ham. Xavi, Inyesta, Messiga qarshi oʻynash... Boshqa oʻyinlar singari finalga ham tayyorgarlik koʻrdik. 2008-yilda biz “Barsa”ni Chempionlar Ligasidan yarim finaldayoq chiqarib yuborgandik. Ularga murabbiy kerak emas edi, oʻzlari oʻynashgan”, — deydi Anderson “Diario Sport” nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 2008-yilgi finalda “Manchester Yunayted” “Chelsi” bilan bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o‘ynagan va penaltilar seriyasida 5:6 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga doir:
“Barselona”ga qarshi kechgan irodali g‘alabadan keyin MYU bosh murabbiyi nimalar dedi?
Alpha version: 0.9.1.19 build 61216 | Инструменты