2022-yilda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar reytingi e'lon qilindi. Top-10 talikda o'zbek futbolchisi ham bor
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022-yilga doir maʼlumotlarni ulashishda davom etmoqda.
Tashkilot bu safar oʻtgan yilda eng koʻp gol urgan osiyolik futbolchilar kuchli oʻnligi reytingini eʼlon qilindi. Unda peshqadam sifatida “Portu” hamda Eron TJ aʼzosi Mehdi Taremi qayd etilgan. Taremi hisobida 39 ta gol bor. Shuningdek, “Albireks Niigata” (Singapur)ning yaponiyalik legioneri Kodai Tanaka ham 2022-yilda 39 ta toʻp kiritgan. Jadvalni tuzishda oʻyinchilarning 2022-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan natijasi hisobga olingan.
Ahamiyatli jihati shundaki, “Energetik-BGU”da yorqin mavsum oʻtkazgan Bobur Abdixoliqov 27 ta gol bilan reytingda 6-oʻrindan joy olgan. Avvalroq, Bobur “Transfermarkt” maʼlumotiga koʻra, 2022-yil yuqori milliy chempionatlarda eng koʻp gol urgan futbolchilar oʻnligiga kiritilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20315 | Инструменты