Huawei 1
2022-yilning eng yaxshi va eng omadsiz futbolchilari reytingi e’lon qilindi. Ronaldu omadsizlar qatorida

Ispaniyaning taniqli "Diario Sport" nashri 2022-yilning eng yaxshi futbolchilari va hafsalani pir qilgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Eng yaxshilar ro‘yxatidan “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema, JCh—2022 mundialida yorqin harakat qilgan Kilian Mbappe va Lionel Messi joy olgan.

  • Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya)
    Ruben Diash (“Manchester Siti”, Portugaliya)
    Jamal Musiala (“Bavariya”, Germaniya)
    Gavi (“Barselona”, Ispaniya)
    Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya)
    Jud Bellinghem (“Borussiya D”, Angliya)
    Lionel Messi (“PSJ”, Argentina)
    Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya)
    Karim Benzema (“Real”, Fransiya)
    Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya).

Joriy mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan Krishtianu Ronaldu, “Real”da omadi chopmayotgan Eden Azar va boshqa o‘yinchilar omadsizlar ro‘yxatiga joylashtirilgan.

  • Eden Azar (“Real”, Belgiya)
    Joau Feliks (“Atletiko”, Portugaliya)
    Pol Pogba (“Yuventus”, Fransiya)
    Jeydon Sancho (“Manchester Yunayted”, Angliya)
    Filippe Koutinyo (“Aston Villa”, Braziliya)
    Artur (“Yuventus” / “Liverpul”, Braziliya)
    Ilaysh Moriba (“Leypsig” / “Valensiya”, Ispaniya)
    Timo Verner (“Leypsig”, Germaniya)
    Garet Beyl (“Los-Anjeles”, AQSH)
    Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted” / erkin agent, Portugaliya).
Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты