Huawei 1
Qashqadaryoda gaz ta’minoti xodimi fuqaroni kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida gaz ta’minoti xodimi bir yigitni urib, jag‘ini sindirgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida aholi gaz yetkazib berilishi kechikib, bir necha oydan beri gazsiz o‘tirgani ortidan norozilik bildirgan. Orada yuzaga kelgan tortishuvda davlat xodimi fuqaroga qo‘l ko‘tarib, uni jag‘iga musht tushirgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan “Etak” MFY profilaktika inspektori tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Fuqaroning jarohatiga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, holat “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan nazoratga olingan va xodimning xatti-harakatlariga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi bildirilgan.
“Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, mahalla iste’molchilariga suyultirilgan gaz ta’minoti xabarda aytilganidek 100 kunda emas, balki 45-50 kun atrofida bo‘lgani ma’lum”, deyiladi xabarda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga ko‘ra, mazkur holat boshqarma tomonidan ham nazoratga olingan va huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты