Huawei 1
Amerika qiruvchi samolyoti mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchradi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli EA-18G Growler qiruvchi samolyoti Vashington shtatida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Ikki kishi bedarak yo‘qolganligi aytilmoqda. Falokat joyiga MH-60S vertolyoti bilan qidiruv guruhi yuborilgan.

Qiruvchi samolyot Reyner tog‘i yaqinida halokatga uchradi, deb yozadi The Seattle Times. Gazetaning yozishicha, samolyot 130-elektron hujum otryadiga tayinlangan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, EA-18G Growler - elektron urush qiruvchisidir. F/A-18 Super Hornetning modifikatsiyasi. Samolyotning narxi 67 million dollarni tashkil qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101617 | Инструменты