Huawei 1
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining asosiy vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining  PQ-347-son qaroriga muvofiq, Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida quyidagilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • Mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish – mehnat bozorini tahlil qilish;
  • Aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish;
  • Kambag‘allikni qisqartirish – kambag‘allik dinamikasi va tarkibini tahlil qilish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini muvofiqlashtirish;
  • Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, malakani baholash – xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xorijda tan olinadigan kasbiy standartlarni ishlab chiqish;
  • Talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillarga o‘qitish;
  • Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat me’yorlariga rioya etilishini o‘rganish, mehnat huquqini ta’minlash hamda mehnatni muhofaza qilish;
  • Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты