Turkiyadagi Jahon chempionatida vakillarimiz guruh bosqichini muddatidan avval yakunladi
Turkiyada boʻlib oʻtayotgan amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2-turida Oʻzbekiston Yevropa vitse-chempioni Ispaniya darvozasiga javobsiz 3 ta toʻp kiritdi va muddatidan avval nimchorak finalga yoʻl oldi.
Dastlabki turda Rustam Mehmonov shogirdlari Polshani 3:1 hisobida magʻlub etishgandi. Guruhning ikkinchi oʻyinida Polsha ham Tanzaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston bugun Tanzaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi va guruh bosqichini rasman yakunlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan taxminan 15:00 da start oladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi 5 karra Jahon chempioni sanaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22203 | Инструменты