Huawei 1
Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

Transfermarkt portali iyun oyining boshidan beri futbolchilarning transfer qiymatlarini yangilab bormoqda. Xususan, 30-may kuni Angliya Premyer Ligasi, 3-iyun kuni Fransiya chempionati, 5-iyun kuni Germaniya Bundesligasi, 9-iyun kuni Ispaniya La Ligasi va 17-iyun kuni Italiya A Seriyasi futbolchilari reytingi yangilandi. 

Quyida Yevropaning top-5 chempionatida to‘p surayotgan osiyolik eng qimmat 10 nafar futbolchining transfer narxidagi o‘zgarishlar keltirilgan.

Osiyoning eng qimmat 10 futbolchisi:

  1. Kaoru Mitomo — “Brayton” 40 mln yevro (oldingi narxi 45 mln yevro)
  2. Kim Min Jae — “Bavariya” 40 mln yevro (oldingi narxi 45 mln yevro)
  3. Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” 35 mln yevro (oldingi narxi 35 mln yevro)
  4. Takefusa Kubo — “Real Sosyedad” 30 mln yevro (oldingi narxi 40 mln yevro)
  5. Le Kan In — “PSJ” 25 mln yevro (oldingi narxi 30 mln yevro)
  6. Ritsu Doan — “Frayburg” 25 mln yevro (oldingi narxi 22 mln yevro)
  7. Hiroki Ito — “Bavariya” 25 mln yevro (oldingi narxi 30 mln yevro)
  8. Kaishu Sano — “Mayns” 20 mln yevro (oldingi narxi 17 mln yevro)
  9. Zion Suzuki — “Parma” 20 mln yevro (oldingi narxi 14 mln yevro)
  10. Son Hyon Min — “Tottenhem” 20 mln yevro (oldingi narxi 30 mln yevro).
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61822 | Инструменты