Huawei 1
Anchelotti Ronaldu, Ibrahimovich kabi hujumchilarning davri o‘tgani va ularning o‘rnini kimlar egallashini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futboldagi hujumchilarning avlodlar almashinuvi haqida gapirdi.

“Menimcha, Braziliyadagi Risharlison — zamonaviy hujumchi. U juda tartibli boʻlmasa-da, harakatlari qoyilmaqom. Hozir u zamonamizning — eng yaxshilaridan biri.

Biz oʻtish davridamiz: mashhur Ibrahimovich, Ronaldu, Suares va Kavani singari hujumchilarning davri tugayapti... Messi va Benzema 35 yoshda, Levandovski kelasi yili 35 yoshga kiradi. Ularning oʻrnini Mbappe, Risharlison, Holand, Alvares va Nunyes egallaydi”, — deydi “Real” bosh murabbiyi.

Avvalroq, Zlatan Ibrahimovich Jahon chempionatida qaysi jamoaning chempion bo‘lishini xohlayotgani haqida fikr bildirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты