Huawei 1
APLda o‘tgan mavsum boshidan beri realizatsiya bo‘yicha eng yaxshi va eng yomon ko‘rsatkich qayd etganlar ma’lum bo‘ldi

Son Hyon Min Premer-ligada o‘tgan mavsum boshidan beri realizatsiya borasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etmoqda. 

WhoScored ma’lumotlariga ko‘ra, «Tottenhem» vingeri eng yuqori ko‘rsatkichga ega — 66,7% (gol urish uchun kamida 15 ta imkoniyatga ega bo‘lgan futbolchilar hisobga olingan).

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta ham xuddi shunday natijaga erishdi (66,7%). Uchinchi o‘rinda «Chelsi» yarimhimoyachisi Koul Palmer 62,1% natija bilan joy oldi.

«Brentford» yarimhimoyachisi Kin Lyuis-Potter esa 2023/24 yilgi mavsum boshidan beri APLda vaziyatdan foydalanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi (13,3%). 

Keyingi o‘rinlardan «Liverpul» hujumchisi Darvin Nunes (18,2%) va «Manchester Yunayted» hujumchisi Rasmus Hoylund (23,5%) olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101518 | Инструменты