Huawei 1
Surxondaryoda davlat zaxirasidagi yerni 300 mln so‘mga olib berishini va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida davlat zaxirasidagi yer maydonini olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro K.I.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Polvontosh” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 300 mln so‘m evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 14 200 AQSH dollari va 100 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101520 | Инструменты