Huawei 1
112 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 356 tasida meʼyoridan ortiq qizish holati aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan energetika obyektlarida elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya”  axborot xizmatining maʼlum qilishicha, yaqinda hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarda paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari ham o‘tkazildi.  

Unda 112 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 356 tasida meʼyoridan ortiq qizish holati aniqlandi. Energetika obyektlaridagi masʼul shaxslar tomonidan kontakt birikmalardagi qizishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilmayotgani oqibatida avariyaviy o‘chishlarga, uskunalar shikastlanishiga va o‘z navbatida elektr taʼminoti buzilgan isteʼmolchilarning o‘rinli eʼtirozlariga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelmoqda.  

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha maʼlumotnomalar rasmiylashtirilib, “O‘zenergoinspeksiya”  tomonidan tizim korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101520 | Инструменты