Huawei 1
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan futbolchi Valdemar Anton Yevro—2024 da ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi

Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya – Germaniya (2:1) uchrashuvida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan futbolchi ishtirok etdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Germaniya terma jamoasi tarkibida “Shtutgart” himoyachisi Valdemar Anton maydonga tushdi. Futbolchi asli o‘zbekistonlik hisoblanadi. U Olmaliq shahrida (Toshkent viloyati) tug‘ilgan. Bu uning Germaniya terma jamoasidagi to‘rtinchi o‘yini. Futbolchi mart oyida nemislar milliy jamoasida debyut qilgan.

Guruh o‘yinlarida maydonga tushmagan futbolchi, chempionatda Daniya bilan o‘yinning 88-daqiqasida o‘z debyutini o‘tkazdi. Germaniya terma jamoasi musobaqa bilan xayrlashgan uchrashuvda ham futbolchi so‘nggi daqiqalarda tarkibga qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Yevro—2024 chorak finalida Germaniya terma jamoasi Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda imkoniyatni boy berdi. Ispaniyaliklar 119-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Yarim finalda Ispaniya Portugaliyani mag‘lub etgan Fransiya bilan o‘ynaydi.

Asl ismi Vladimir bo‘lgan futbolchi 1996-yil Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Uning ta’kidlashicha, ota-onasi ham o‘zbekistonlik bo‘lgan. Futbolchining eslashicha, yoshligida o‘zbek va rus tillarida muloqot qilishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100510 | Инструменты