Huawei 1
FIFA prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 6-oktyabr kuni finalda Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Aynan mundial final uchrashuvini bevosita “Humo arena”dan tomosha qilish hamda tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 6-oktyabr kuni FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga yetib kelishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100512 | Инструменты