Huawei 1
Messi ayni damda nimadan ko‘proq xavotirda ekanligini aytdi

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi jarohat sabab jahon chempionatini oʻtkazib yuborishdan qoʻrqmoqda.

Argentinalik futbolchi hamyurtlari — Anxel Di Mariya va Paulo Dibalaning jarohatlari fonida shunday qoʻrquv haqida gapirdi. Qolaversa, hujumchining oʻzi ham yaqinda jarohat olib, ikkita oʻyinni oʻtkazib yuborgandi.

“Bu jahon chempionati avvalgilaridan farq qiladi, chunki u boshqa vaqtda oʻtkaziladi. Turnir shu qadar yaqinki, har qanday kichik narsa sizni chetda qoldirishi mumkin.

Dibala va Di Mariya bilan sodir boʻlgan voqea meni bezovta qilmoqda. Bunday jarohatlarni koʻrganingizda, yanada dahshatli boʻladi. Lekin oʻylanib oʻynash samarasiz. Eng yaxshi yechim oʻzingizni odatdagidek tutishdir. Oʻyin — yaxshi formada qolishning eng yaxshi usuli. Umid qilamanki, ular tuzalib ketishadi. Menimcha, ularda tiklanish uchun yetarli vaqt bor”, — deydi Messi.

Avvalroq, Fransiya terma jamoasi yetakchisi Jahon chempionatini jarohat tufayli o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты