“Benzema bilan aka-ukadekmiz, u bilan taqdirlarimiz juda o'xshash”, — Zidan Karimni maqtadi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Oltin toʻp” sovrinini topshirish marosimidan keyin Karim Benzema bilan yaqin munosabatda ekanini aytib oʻtdi.
“Karim uchun akasidek yaqinman. Bir-birimizga aka-ukadek munosabatdamiz. Kelib chiqishimiz ham deyarli bir xil: asli jazoirlikmiz, u Lionda, men Marselda ulgʻayganman. U ham men kabi “Real” va Fransiya termasida oʻynayapti. Bizni birlashtiruvchi yana bir jihat — bolalikdagi qiyinchiliklar, futbolga kirib kelishdagi oson boʻlmagan jarayon. Ikkimiz ham professional futbolchi boʻlishni orzu qilganmiz va faqat mehnat evazigagina hozirgi darajamizga yetganmiz. Taqdirlarimiz juda oʻxshash.
Madriddagi bosh murabbiylik faoliyatim davomida Karim bilan ishlashdan rohatlanganman. Undan maslahatlarimni hech qachon ayamaganman, ammo u allaqachon saviyasi yuqori forvard edi. Karimning toʻpni qanday nazorat qilishi meni doim lol qoldirgan. Uning oʻyinini tomosha qilish yoqimli”, — deydi Zidan.
Eslatib oʻtamiz, 34 yoshli Benzema 2022-yil yakunlariga koʻra faoliyati davomida ilk marta “Oltin toʻp”ga ega chiqdi. Zidan 1998-yil ushbu sovringa ega chiqqandi.
Mavzuga doir:
Karim Benzema “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish siri nimada ekanligini aytdi
Karim Benzema bolaligida 3 ta orzusi bo'lganligi haqida gapirdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 10816 | Инструменты