Benzema “Oltin to‘p” mukofotini yutish siri nimada ekanini aytdi
Ispaniya “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema “Oltin toʻp” mukofotini qo‘lga kiritgach, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Bolaligimni eslayman. Hayotimda ikki namuna boʻlgan: Zinedin Zidan va Ronaldo. Qayta-qayta mashgʻulotlar qilish — qiyin ish. Ogʻir paytlar ham boʻlgan. Terma jamoaga chaqirilmagan davrim qiyin kechgan. Oʻshanda koʻpchilik bilan suhbatlashdim, bu meni ruhiy jihatdan mustahkamladi.
Xuddi shu ruhda davom etaman. Jamoadoshlarim, buyuk prezident Florentino Peresga rahmat aytaman. U har doim men bilan ochiq gaplashgan. Jan-Mishel Olas va “Lion”ni unutmayman, ularsiz orzumga erisha olmasdim. Menimcha, yosh faktori bu yerda muhim emas. Koʻpchilik 30 yoshdan keyin darajasini oshiradi. Bu — maqsad qoʻyish, mehnat. Koʻproq mashq qilaman, tinim bilmayman, g‘alaba siri faqat shunda”, — deydi Benzema.
Avvalroq, “Oltin to‘p” topshirish marosimining barcha nominatsiyalari g‘oliblari haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10816 | Инструменты