Huawei 1
Karim Benzema bolaligida 3 ta orzusi bo'lganligi haqida gapirdi

Ispaniya “Real Madrid” klubi hujumchisi Karim Benzema “Oltin toʻp” mukofotini qo‘lga kiritgach, jamoasining yilning eng yaxshi klublari reytingida 3-o'rinni egallaganiga munosabat bildirdi.

“Men uchun hammasi aniq: “Real Madrid” — dunyodagi eng yaxshi klub. Bu borada hech qanday savollarga o'rin yo'q, mavsumni hamma ko'rdi. Qaysi klub qanday o'ynaganiga barchamiz guvoh bo'ldik va muhokama qilishimiz ham noo'rin.

Bolaligimda uchta orzum bor edi: onamga uy sotib olish, “Real”da o'ynash hamda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish. Men bularning barchasiga erishdim va hozir dunyoning eng yaxshi jamoasidaman. Mehnat qilishdan to'xtamang”, — deydi Benzema.

Mavzuga doir:

Karim Benzema “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish siri nimada ekanligini aytdi

Kurtua: “La Liga va YChLda gʻalaba qozonasiz, seyvlaringiz bilan jamoangiz sovrin yutadi va yakunda 7-oʻrindasiz”

“Holand “Siti”da koʻp gol urayotgan boʻlsa ham, meni roʻyxatdan chiqarishga shoshilmang”, — Levandovski

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты