“Manchester Siti” klubi ustozi Xosep Gvardiola 30 mart kuni bo‘ladigan Angliya kubogi doirasidagi “Bornmut”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.
“Husanov alohida sifatlarga ega, bu aniq. Haqiqatan ham u o‘ziga xos futbolchi. U juda tezkor, futbolga ishtiyoq bilan yondashadi. Ba’zan yuz ifodalaridan va tana harakatlaridan buni ko‘rish qiyin bo‘lsa ham, u o‘zining ishtiyoqini ko‘plab harakatlarida namoyon qiladi. Biz undan juda mamnunmiz”, deydi Gvardiola.
Qayd etish joiz, terma jamoadagi o‘yinlardan keyin Husanov yana “Manchester Siti” bazasiga kelib qo‘shildi va jamoaning 28 mart kungi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, “Bornmut”-“Manchester Siti” o‘yini Angliya kubogi chorak finali doirasida o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40107 | Инструменты