Huawei 1
“Bizni og'ir o'yin kutayotganini, stadionda Argentinaning muxlislari ko'p bo'lishi bilamiz, lekin...”, — Grizmann

Fransiya terma jamoasi yetakchilaridan biri Antuan Grizmann Lionel Messi yetakchiligidagi Argentinaga qarshi kechadigan final haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Messisi bor istalgan jamoa boshqa darajada boʻladi. Biz Argentinaning JCH-2022’dagi barcha oʻyinlarini kuzatdik. Ular qanday oʻynashini yaxshi bilamiz. Argentina hozirda eng yaxshi sport formasida, bunday jamoaga qarshi oʻynash qiyin.

Albatta, raqib safida faqat Messi emas, uning atrofida kuchli jamoa yigʻilgan. Bizni ogʻir oʻyin kutib turganini tushunib turibmiz. Stadionda Argentina juda katta qoʻllab-quvvatlashga ega boʻlishini ham bilamiz. Lekin biz taslim bo'lmaymiz.

Finalgacha puxta tayyorgarlik koʻrishimizga ishonaman. Biz qanday himoyalanishimiz va hujumga oʻtishimiz haqida oʻylaymiz, albatta. Finalda juda kuchli tayyorgarlik bilan maydonga tushishimizga shubha yoʻq”, — deydi Antuan.

Maʼlumot uchun, Antuan joriy Mundialda 6 oʻyinda maydonga tushib, gollari hisobini hali ochganicha yoʻq.

Mavzuga doir:

“Messi finalda Fransiyani yo'q qilib yuboradi”, — Ronaldinyo

“Manchester Siti” yetakchi, rekordchi “Barselona” 2-o’rinda: JCH-2022 uchun eng ko‘p pul oladigan klublar reytingi e’lon qilindi

Messi rekordlar haqida: “Bularning barchasi yaxshi, lekin menga boshqa narsa muhimroq”

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102710 | Инструменты