Huawei 1
Komil Allamjonovning mashinasiga o‘q uzganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura

Avvalroq, Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning Range Rover yo‘ltanlamasiga qarata o'q uzilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘q uzganlardan biri gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. 

Hodisa 26-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Qibray tumanida temiryo‘l kesishmasi hududida sodir bo'lgan. Unda 2 nafar noma’lum shaxs o‘qotar quroldan fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringanlar.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248- (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahri IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102712 | Инструменты