Huawei 2
"Bolonya"ga qarshi o'yindan keyin "Yuventus" sport direktori Shomurodovning vakillari bilan aloqaga chiqdi

"Jenoa" tarkibida to'p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu shunchaki mish-mish emas. "Bolonya"ga qarshi o'yindan keyin "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi "Jenoa" rasmiylari va Eldor Shomurodovning vakillariga aloqaga chiqqan. Albatta, tez orada Shomurodovning "Yuventus"ga o'tishi haqida gap ketmagan. Ammo turinliklar Shomurodovga e'tibor qaratishgani va uni o'yinlarini kuzatib borishayotgani haqiqat.

Agar Eldorning o'yini o'sishda davom etsa, mavsum tugaganidan so'ng uni "Yuventus"da ko'rsak ham ajab emas.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga