Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasidagi 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarning 3 va 4-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi Eron va BAA terma jamoalarini Toshkentda “Bunyodkor” stadionida qabul qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu o‘yinlarda Srechko Katanes sog‘lig‘idagi muammolar sabab qatnasha olmasligi, uchrashuvlarda Kapadze bosh murabbiy sifatida ishlashi haqida gaplar tarqaldi. Ushbu xabarlarni O‘FA rasmiylari rad etdi.
O‘FA xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Sherzod Igamberdiyevga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bugun, 7-oktyabr kuni Toshkentga yetib keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты