Huawei 1
Braziliya bosh murabbiyi Mbappening Janubiy Amerika jamoalari saviyasi haqidagi fikriga javob qaytardi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Lotin Amerikasi qit'asi (Janubiy Amerika materigi) davlatlari terma jamoalarining saviyasi haqidagi gaplariga javob qaytardi.

Avvalroq, Parij klubi forvardi: “Janubiy Amerikada futbol Yevropadagi singari rivojlanmagan. Gapimning isboti sifatida so'nggi jahon chempionatlariga qarang, g'oliblar faqat Yevropa jamoalari. Saralash bosqichlari ham Yevropada ustunroq”, — deb fikr bildirgan edi.

“Ehtimol, Mbappe Millatlar ligasi yoki o'rtoqlik o'yinlari haqida gapirayotgandir. Lekin Jahon chempionati saralashi haqida bunday ta'rif ishlatib bo'lmaydi. Yumshoq qilib aytsam, bizda Ozarbayjon singari jamoalar yo'q. Ya'ni, biz o'rtamiyona jamoalar bilan saralashda qatnashmaymiz. JCH saralashi Janubiy Amerikada Yevropadagi saralash bosqichiga qaraganda ancha qiyin kechadi. Chunki bizda jamoalar teng kuchli”, — deya javob qaytargan Tite.

Ma'lumot uchun, 2022-yilgi Jahon chempionati joriy yilning 21-noyabrida start oladi. Mundialga Qatar davlati mezbonlik qiladi.

Avvalroq, Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Argentina – Braziliya bahsi o'tkazilmasligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121814 | Инструменты