Huawei 1
JCh-2022 saralashi doirasidagi qoldirilgan Braziliya – Argentina o'yini o'tkazilmaydigan bo'ldi

2022-yilda Qatar yashil maydonlarida o'tkaziladigan jahon chempionati saralashidan oʻrin olgan Braziliya — Argentina oʻyini qayta o'tkazilmaydigan bo'ldi. Sport arbitraj sudi (CAS) FIFA, Braziliya va Argentina futbol federatsiyalarining oʻyinni oʻtkazmaslik haqidagi ushbu kelishuvini maʼqulladi.

Oldinroq Braziliya terma jamoasi jarohatlar xavfi, diskvalifikatsiyalar sababli oʻyinga qarshi chiqqani, argentinaliklar ham bu bahsga boykot eʼlon qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 5-sentyabr kuni JCH-2022 saralashi doirasida Braziliya va Argentina oʻrtasidagi oʻyin 4-daqiqada toʻxtatilgandi. Xabarlarga koʻra, Argentinaning 4 nafar futbolchisi — Buendia, Martines, Lo Chelso hamda Romero mamlakatga koronavirus qoidalarini buzgan holda kirib kelgan.

Ikkala jamoa ham mundialning final bosqichiga yoʻl olgan, turnir nuqtayi nazaridan bu bellashuv hech qanday rol oʻynamasligi ta'kidlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121816 | Инструменты