Huawei 1
Bu yilgi Jahon chempionati Messi uchun oxirgisimi? Leo javob berdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatardagi turnir faoliyatidagi soʻngi jahon chempionati boʻlishi haqidagi savolga javob berdi.

“Jahon chempionatlaridagi ishtirokimni finalda yakunlashimdan juda xursandman. Bu haqiqatda juda ham yoqimli.

Ushbu jahon chempionatidagi har bir ishtirokimiz orqali Argentinada odamlarga qanchalik zavq va quvonch ulashayotayotganimizni koʻrish katta baxt. Keyingi jahon chempionatiga qadar hali yana 4 yil vaqt bor va unda men tarkibda boʻlaman deb oʻylamayman. Bu turnirdagi ishtirokimni finalda yakunlash — ajoyib!”, — deydi Messi.

Maʼlumot uchun, Messi 2006-yilgi Jahon chempionatidan buyon 5 ta Mundialda toʻp surdi. U JChlarda jami 11ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Final 18-dekabr kuni oʻtkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Mundial yarim finalida Argentina Xorvatiyani 3:0 hisobida magʻlub etib, finalda Marokash – Fransiya oʻyini gʻolibiga qarshi maydonga tushadi.

Mavzuga doir:

“Futbol Messidan qarzdor”, — Argentina sobiq hujumchisi. “Leo 1-o'rinda, Argentina esa keyingi”, — deya qo'shimcha qiladi u

Lionel Messi 2 ko‘rsatkich bo‘yicha Mundiallar tarixidagi mutlaq rekordchiga aylandi

“Bu mening eng yaxshi Jahon chempionatimmi? Qo'ying, yaxshisi Argentina finalda ekanidan zavqlanaylik”, — Messi

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112608 | Инструменты