Huawei 1
“CIES Football Observatory” dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini yangiladi

Futbol tadqiqoti va statistikasi bilan shug'ullanuvchi “CIES Football Observatory” futbolchilarning transfer narxlari reytingini yangilaganini ma’lum qildi.

Tadqiqot guruhi oʻzining statistik modeliga asoslanib, butun dunyo boʻylab 75 ligadan 30 000 dan ortiq futbolchining taxminiy transfer qiymatini oʻrganib chiqdi. Tadqiqotchilarning fikricha, Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem eng qimmat futbolchi boʻlib, uning ortidan klub 208 million yevro ishlab olishi mumkin.

Shuningdek, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden 200,5 million yevro bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Kilian Mbappe esa 191,7 mln yevro bilan 3-pogʻonaga joylashdi. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu esa sayyoraning eng qimmat futbolchilari 100 taligiga kiritilmadi.

Top-20 talik reyting:

1. Jud Bellingem (“Borussiya” Dortmund) – 208,2 mln yevro;
2. Fil Foden (“Manchester Siti”) – 200,5 mln yevro;
3. Kilian Mbappe (PSJ) – 191,7 mln yevro;
4. Vinisius Junior (“Real Madrid”) – 190,5 mln yevro;
5. Erling Holand (“Manchester Siti”) – 174,9 mln yevro;
6. Pedri (“Barselona”) – 170,2 mln yevro;
7. Gavi (“Barselona”) – 147,6 mln yevro;
8. Jamol Musiala (“Bavariya”) – 145,1 mln yevro;
9. Yoshko Gvardiol (“Leypsig”) – 125,8 mln yevro;
10. Federiko Valverde (“Real”) – 123,5 mln yevro;

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101616 | Инструменты