Huawei 1
Fernandesh APLda debyut qilganidan beri chempionatda eng ko'p assistni amalga oshirgan

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh kecha “Arsenal”ga qarshi kechgan markaziy uchrashuvda (3:1) golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi APLda debyut qilganidan beri amalga oshirgan assistlari sonini 23 taga yetkazib oldi. Bu muddat oralig'ida Premyer-liganing boshqa bironta futbolchisi Brunudan ko'proq golli uzatma amalga oshira olgan emas.

Ro'yxatdan Fernandeshdan keyin 2-o'rinda 22 tadan assist qilgan “Siti” a'zosi Kevin de Bruyne hamda “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh joy olgan. Top beshlikka, shuningdek, “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn (21 ta) va Gabriel Jezus (“Siti”/“Arsenal”, 18 ta) ham kirgan.

Avvalroq, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Hagning “Arsenal”ga qarshi bahsdagi g'alaba to'g'risidagi fikrlarini ma'lum qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11102 | Инструменты