Huawei 1
FIFA rasmiy saytida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi va turnirning eng yaxshi to‘purari Asilbek Aliyev e’tirof etildi

FIFA rasmiy saytida 2025-yilgi U-17 Osiyo kubogida jamoasi safida yorqin o‘yin namoyish etgan yosh futbolchilar qatorida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi va turnirning eng yaxshi to‘purari Asilbek Aliyev ham e’tirof etildi

“2025-yilgi Osiyo kubogi nafaqat mintaqaviy musobaqa, balki Osiyo futbolining kelajakdagi yulduzlarini kashf qilish uchun ajoyib maydon bo‘lib xizmat qildi.

Yosh futbolchilar musobaqada o‘z jamoalarining muvaffaqiyatli natijaga erishishi va FIFA U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanma olishi yo‘lida o‘zlarini barcha jihatdan namoyon eta oldilar.

Asilbek Aliyev (O‘zbekiston): Ushbu yosh iqtidor O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri bo‘lib, hujum chizig‘ini ishonch va sovuqqonlik bilan boshqardi. Musobaqaning dastlabki to‘rt uchrashuvida u beshta gol urdi hamda ajoyib hujumchilik mahorati bilan ajralib turdi. Aliyev yakunda musobaqa to‘purari, shuningdek, Markaziy Osiyo futbolining eng yorqin kelajak yulduzi sifatida katta e’tirofga sazovor bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52001 | Инструменты