Huawei 1
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon shaxmat Olimpiadasida 11-tur bellashuvlari bugun, 22-sentyabr kuni yakunlandi.

O‘zbekiston erkaklar jamoasi Fransiya bilan bahs olib bordi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev va Javohir Sindorov durang qayd etgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov g‘alaba qozondi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritib, jadvalda 3-o‘rinni egalladi. 2-o‘rindagi AQSH bilan ochkolar bir xil, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha amerikaliklar oldinda bo‘ldi. 

Turnir davomida yutqazmagan va faqat O‘zbekiston vakillariga qarshi bahsda durang o‘ynagan Hindiston birinchi o‘rinni oldi.

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi esa olimpiadani 12-o‘rinda yakunladi. Qizlarimiz Turkiya ustidan g‘alaba qozondi. Nodira Nodirjonova hamda Nilufar Yakubboyeva g‘alaba qozongan bo‘lsa, Umida Omonova durang qayd etdi. Afro‘za Hamdamova esa raqibiga imkoniyatni boy berdi.Shuningdek, taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-o‘rin va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Taxtalar kesimida: 4-taxtada Nodira Nodirjonova 3-o‘rin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92223 | Инструменты