Huawei 1
Futzal: Ispaniyalik murabbiy terma jamoani tark etdi

Futzal boʻyicha terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ishtirokiga bagʻishlangan yigʻilish o‘tkazildi. OʻFA rahbariyati hamda bosh murabbiy Xose Venansio Lopes qatnashgan yigʻilishda jamoamizning musobaqadagi ishtiroki tanqidiy koʻrib chiqildi.

Terma jamoamiz oʻyinidagi kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish, terma jamoaga nomzod futbolchilarni yetkazib berish yoʻlida turli yosh toifasida futzal terma jamoalarini tashkil etish, klublar oʻrtasidagi turnirlarni koʻpaytirish boʻyicha takliflar berildi. Yurtimizdagi iqtidorli yosh futzalchilarga koʻproq oʻyin amaliyoti berib, turnirlarga jalb etish orqali ularga yaxshi natijalarga erishish mumkinligi aytildi.

Xose Venansio OʻFA rahbariyatiga terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlash imkoniyat berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Oʻtgan musobaqalar davomida OʻFA tomomidan barcha sharoitlar taqdim etilganini qayd etdi. Ispaniyalik mutaxassis Oʻzbekistondagi faoliyati davomida zavq bilan ishlagani, barcha mutaxassislar unga koʻmaklashganini aytib, kelgusida doʻstona aloqalarni saqlab qolib, har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Oʻz navabtida, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ispaniyalik mutaxassisga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, unga omad tiladi.

Xose Venansio Lopes bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты