Huawei 1
Germaniya terma jamoasi yetakchisi Bundestimdagi faoliyatini yakunlamaydigan bo‘ldi

Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Tomas Myuller Germaniya terma  jamoasini tark etmaslikka qaror qildi.

“2022-yilgi Jahon chempionatida Kosta-Rika (4:2) bilan oʻyindan keyin hayajonlandim, bu qaygʻuli lahza edi. Hansi Flik bilan oʻylab koʻrdim va fikr almashdim. Professional futbolchi ekanman, milliy jamoa uchun oʻynashga doim tayyorman.

Maqsad — yana muvaffaqiyatga erishish. Hansida hujumkor variantlar juda koʻp. Ancha zaiflashdim, lekin murabbiyga kerak boʻlganda doim yonida boʻlaman”, — deydi “Bavariya” futbolchisi “Bayern & Germany” nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Myuller Germaniya terma jamoasida 2010-yildan buyon toʻp tepadi va hozirgacha 121ta oʻyin oʻtkazib, 44ta gol urgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21202 | Инструменты