“Manchester Siti” klubi murabbiyi Pep Gvardiola yozgi transferlar oynasida rejasiga kirmagan futbolchilar – De Bryuyne, Bernardu, Kovachich kabilardan qutulmoqchi. Bu haqda Crossy Daily Star xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa ustozi Gvardiola yozda klubni tubdan o‘zgartirmoqchi va yozgi transferlar oynasida “Manchester Siti”ning bir qator futbolchilaridan qutulmoqchi. Ular orasida jamoa yetakchilari Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Jon Stounz, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan, Ederson, Jek Grilish kabilarning nomlari qayd etilgan. Shuningdek, avvalroq, Gvardiolaning rejasiga kirmagan himoyachi Kayl Uoker jamoani tark etdi va “Milan” safiga borib qo‘shilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22208 | Инструменты