Huawei 1
Jahonning eng serdaromad futbolchilari reytingi e’lon qilindi

Forbes 2024/25 yilgi mavsumga ko‘ra, jahonning eng serdaromad futbolchilari reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni shakllantirishda futbolchilarning klubdagi maoshi, bonuslari va turli hamkorliklar orqali topayotgan daromadlari hisobga olingan.

Reytingni hamon Krishtianu Ronaldu boshqarmoqda. Portugaliyalik 39 yoshli forvardning joriy mavsumdagi daromadi 285 million dollarni tashkil etgan. Lionel Messi 135 mln dollar daromad bilan 2-o‘rinda bo‘lsa, Neymar jami 110 mln daromadi bilan uchlikni yakunlab bergan.

2024/25 yilgi mavsum holatiga ko‘ra, jahonning eng ko‘p haq oluvchi futbolchilari top-10ligi (Forbes talqini):

1. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») – 285 mln dollar (220 mln klubdan tushadigan daromad, 65 mln futboldan tashqari daromad);

2. Lionel Messi («Inter Mayami») – 135 mln (60+75 mln. MLS taqvimi sababli mavsumdagi emas, 2024 yildagi daromadi ko‘rsatilgan);

3. Neymar («Al-Hilol») – 110 mln (80+30 mln);

4. Karim Benzema («Al-Ittihod») – 104 mln (100+4 mln);

5. Kilian Mbappe («Real») – 90 mln (70+20 mln);

6. Erling Holand («Manchester Siti») – 60 mln (46+14 mln);

7. Vinisius Junior («Real») – 55 mln (40+15 mln);

8. Muhammad Saloh («Liverpul») – 53 mln (35+18 mln);

9. Sadio Mane («An-Nasr») – 52 mln (48+4 mln);

10. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 39 mln (35+4 mln).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты