JCh-2022. O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi yarim finalda Turkiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi
Turkiyada o‘tkazilayotgan Nogiron-amputant futbolchilar o‘rtasidagi 17-jahon chempionatining yarim final o‘yinida O'zbekiston terma jamoasi Turkiya terma jamoasiga 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
Endi sportchilarimiz uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Gaiti termasiga qarshi maydonga chiqadi.
O‘yin 9-oktyabr kuni o‘tkaziladi.
JCh-2022'dagi O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi: 1. Qudrat To‘raxo‘jayev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliyev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboyev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug‘bek Toshpo‘latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil Shukurov (ham hujum ham himoyada o‘ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni).
Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22203 | Инструменты