O‘zbekiston terma jamoasi mart oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron bilan bellashadi.
Dastlab, "oq bo‘rilar" 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iz Respublikasini qabul qiladi. Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv vaqti o‘zgardi. Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini o‘zgartirish bo‘yicha OFKga so‘rov yubordi. So‘rov qanoatlantirilib, o‘yin 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga ko‘chirildi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz 8-turda esa safarda Eron bilan bellashadi. Bu qarama-qarshilik vaqti esa hozircha no’malum. O‘zbekiston MTJ 6-turdan so‘ng 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 16 ochkosi bor Eron esa etakchi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20716 | Инструменты